avatar
Куч
8.63
Рейтинг
+8.15

Давронбек Тожиалиев

Мақолалар

Ўзбекнинг феъли: Яхши ният

Блог им. ziyouz
Яхши ният – ярим давлат. Халқимиз минг йилларки ушбу пурҳикмат мақолга амал қилиб келади. Ўзбек доимо бир-бирига эзгулик соғинади, ҳатто душманига ҳам яхшиликни раво кўради. Ўзбекнинг дуосида, гап-сўзида яхши ният, ҳатто койишида ҳам эзгу ният лиммо-лим бўлади. Ўзбек «барака топгур», «оғзинг мойдан чиқмагур», «эсон бўлгур» деб койийди. Ўтганларни эсларкан, «худо раҳмат қилгур», «гўрда ором олгур» дея яхши ният қилади.
Ўзбек ҳар бир амалдан яхшилик қидиради. Гарчи ўзига ёмонлик етса-да, ўша ёмонлик ортидан келган озгина эзгулик билан-да овунади. У яхши ният билан меҳнат қилади. Болаларим униб-ўссин, яхши таълим олсин, ҳаётда ўз ўрнини топсин, дейди. У нафақат ўз яқинларига, ўзгаларга ҳам, ҳаттоки ҳайвоноту ўсимлик­ларга ҳам меҳр билан эзгу ният улашади.

Туркий тилим парвози (туркий тилдан бошқа тилларга ўзлашган сўзлар ҳақида). 1-қисм

Блог им. ziyouz
Туркийдаги «бер яқ» (бериги ёқ, бериги томон) бирикмаларидан русча «берег» сўзи ясалган.

* * *

Туркийдаги «бала игез» (эгиз бола) бирикмаларидан русча «близнец» сўзи ясалган.

* * *

Туркийдаги «бурд» (мўйлов, мурт) сўзидан русча «борода» сўзи ясалган.

Alisher Navoiy "Xamsa"si internetda!

Блог им. ziyouz
Bugun o'zbek interneti yana bir katta manba bilan boyidi.
Alisher Navoiyning «Xamsa» asari ilk bor online olamga joylandi.
Marhamat azizlar, buyuk shoirimizning ma'naviyat gulshanidan bahramand bo'ling:

Жами 54 минг мисрадан иборат Навоийнинг «Хамса»си 1483-1485 йилларда ёзилган бўлиб, беш достондан иборат. Улар қуйидагилар:

1. «Хайрат ул — аброр» («Яхши кишилариииг хайратланиши»). Асар 7976 мисра (3988 байт) бўлиб, 64 боб, 20 мақолатдан иборат. Булардан 21 боби муқаддима, 40 боби — 20 мақолат ва 20 ҳикоя ҳамда масал, сўнгги уч боби эса асар хотимасидир. «Хайрат ул — аброр» 1483 йилда арузнинг сариъ баҳрида ёзилган бўлиб, анъанавий муқаддима — «ҳамд ва наът» билан бошланади.

Alisher Navoiy. Hayratul-abror



Muallif: Alisher Navoiy
Hajmi: 1,22 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Gruzin xalq maqollari. 2-qism

Блог им. ziyouz
• Shunday savat to‘qinglarki, sizlarning bolalaringizga ham kerak bo‘lsin. (Bir joyda shunday odat bor ekan: odam qarisa, uni savatga o‘tqizib, qoyadan tashlab yuborisharkan. Bir ko‘r qariyaning ham bolalari otalariga savat to‘qishni boshlashibdi. Ularning gaplarini eshitgan qariya so‘rabdi: «Nima qilyapsizlar?». — «Savat to‘qiyapmiz», — deyishibdi ular. «Kimga to‘qiyotganingizni bilaman. Shunday savat to‘qinglarki, u sizning bolalaringizga ham kerak bo‘lsin», — debdi qariya. Buni eshitib bolalari qora niyatlaridan qaytishgan ekan).
• Salatni shunday tayyorlaydilar: saxiy yog‘ quyadi, ziqna sirka qo‘shadi, aqlli tuz soladi, nodon aralashtiradi.
• Sevgi, olov va yo‘talni yashirib bo‘lmaydi.

Gruzin xalq maqollari. 1-qism

Блог им. ziyouz
• Itlar yo‘q joyda mushuklar huriydi.
• Eshakdan: «Sening nechta xotining bor?», — deb so‘rashdi. U butun podani ko‘rsatdi.
• Tarbiyasiz otga minib Xudoni esdan chiqaradi, otdan tushib — otni.
• Aroq bilan salomlashib, aql bilan xayrlash.
• Ko‘rlar orasida bir ko‘zli ham qo‘mondon.
• Odam yig‘lab tug‘ilib, ingrab o‘ladi.
• Odamning tug‘ilishi — birinchi kun, uylanishi — ikkinchi kun, o‘lim — uchinchi kun.
• Bitta taqa topib olgan aytarmish: «Bitta ot va uchta taqa yetishmayapti, xolos».

Arman xalq maqollari. 2-qism

Блог им. ziyouz
• Kechasi o‘g‘irlab, kunduzi «Xudoyim, o‘zing kechir» deydilar.
• Tupuk bilan yong‘inni o‘chirolmaysan.
• Uyda keksani hurmat qil, agar keksa bo‘lmasa bitta tosh qo‘yib, uni keksadek hurmat qil.
• It bilan do‘stlash, ammo qo‘lingdan tayoqni tushirma.
• Sharobdan so‘rashdi: «Sen ko‘proq muruvvat qildingmi yoki vayron qildingmi?». Sharob javob berdi: «Qanchasiga muruvvat qilganimni bilmayman, lekin vayron qilganlarimning sanog‘i yo‘q».
• Qarg‘adan so‘rashdi: «Qushlar ichida eng go‘zali kim?». U javob berdi: «Mening jo‘jam».
• Ahmoqdan so‘rashdi: «Arak daryosidan nechta tovuq suv ichadi?». U o‘ylab-o‘ylab javob berdi: «417 yarimta».

Arman xalq maqollari. 1-qism

Блог им. ziyouz
• Agar itning uyati bo‘lganida ishton kiyib olardi.
• Bozorda mol bilan birga qalb ham sotiladi.
• Hatto oy ham nuqsonsiz emas.
• Xursand bo‘lganingda mozorga bor, xafaligingda ham o‘sha yerga bor.
• Bolaning onasi o‘gay bo‘lsa, otasi ham begonalshib qoladi.
• Ehsonni shunday qilki, hatto ko‘ylaging bilmasin.
• Odamlar yalaydigan darajada shirin bo‘lma, odamlar tupuradigan darajada achchiq ham bo‘lma.
• «Dada, bu yetishmovchilikka yana qancha chidashimiz kerak?» ― «Qirq kun» ― «Keyin-chi?» ― «Ko‘nikib ketamiz».
• Men ro‘mol o‘rashni o‘rgangunimcha erim mendan ketib qoldi.

Tatar xalq maqollari

Блог им. ziyouz
• Bir kun tilingni tiymasang, bir yil uning azobini chekasan.
• Avval eshagingni bog‘la, so‘ng Allohga topshir.
• Qurol, xotin va itingni qarzga berma.
• Ertangi tovuqdan bugungi tuxum afzal.
• O’lim ikki marta kelmaydi.
• Sening suhbating ― kumush, sukutining ― oltin.
• Olmosni iflos joyga tashlasang ham olmosligicha qoladi.
• Olmos olmos bilan kesiladi, o‘g‘rini o‘g‘ri tunaydi.
• Tutundan qochib olovga tutilma.
• Soqol echkida ham bor, mo‘ylov mushukda ham bor.

Yahudiy xalq maqollari

Блог им. ziyouz
• Uzoqdagi akadan yaqindagi qo‘shni yaxshi.
• Bo‘ron kichik olovni o‘chiradi, lekin kattasini alangalatadi.
• Kalla bilan bitirish lozim bo‘lgan joyda musht bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi.
• Hamma ishning boshi qiyin.
• Gunohni odam qiladi, jazosini xo‘roz oladi.
• Vaqtida aytilmagan dono gap ham ahmoqona qabul qilinadi.
• Bir hamyondagi ikki tanga yuz tangadan ko‘ra balandroq jarang beradi.
• Pul ― bu najas, ammo najas ― pul bo‘lolmaydi.

Qadimgi hind maqollari

Блог им. ziyouz
• Ibodatxonaga borgan bilan odam yaxshi bo‘lib qolmaydi.
• Aqlliga ― ta’zim, ahmoqqa ― tarsaki.
• Ko‘r ko‘r bilan gaplashsa, doim xafa bo‘ladi.
• Adolatdan ortiq ezgulik yo‘q, yolg‘ondan ortiq nuqson yo‘q.
• Shirinlikni bir o‘zing yema, bir o‘zing ishni hal qilma, bir o‘zing sayohatga chiqma, uxlayotganlar orasida bir o‘zing bedor bo‘lma.
• Ichkilik boshlanishi bilan aql yo‘qoladi.
• Bekorchilik shaytoniy fikrlarni keltirib chiqaradi.
• Qog‘oz qayiq bilan daryoda suzolmaysan.
• Tabibda burgutning ko‘zi, sherning yuragi, ayolning qo‘li bo‘lishi kerak.